Ilovaning chiqqanidan beri eng dolzarb savollarga javob berishga harakat qildik. Bu yerda siz ushbu loyiha haqida barcha kerakli ma'lumotlarni topishingiz mumkin (ro'yxatdan o'tish shartlaridan tortib ma'lumotlaringiz xavfsizligigacha).
Izlagan savolingizga javob topa olmagan bo'lsangiz, biz bog'lanishingizni iltimos qilamiz.
Ilovaning chiqqanidan beri eng dolzarb savollarga javob berishga harakat qildik. Bu yerda siz ushbu loyiha haqida barcha kerakli ma'lumotlarni topishingiz mumkin (ro'yxatdan o'tish shartlaridan tortib ma'lumotlaringiz xavfsizligigacha).
Izlagan savolingizga javob topa olmagan bo'lsangiz, biz bog'lanishingizni iltimos qilamiz.
Birga Yengamiz ilovasining asosiy maqsadi oxirgi 14 kun davomida bemor bilan yaqin aloqada bo'lgan odamlarni aniqlash va zarurat tug'ilganda virusni yanada tarqalishini oldini olish uchun ularni izolyatsiya qilishdir.
Birga Yengamiz ilovasi butun O'zbekiston aholisiga epidemiyaga qarshi kurashish uchun mo'ljallangan.
Birga Yengamiz loyihasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusida, "Project Manager" kompaniyasi dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan.
"Birga Yengamiz" dasturining xizmatlaridan foydalanish mutlaqo bepul. Ilova ham Android, ham iOS foydalanuvchilari uchun mavjud.
Ushbu turdagi dasturlar Singapur, Janubiy Koreya va Tayvan kabi mamlakatlarda koronavirusga qarshi samarali ekanligi isbotlangan.
Dasturiy ta'minot tijoriy loyiha emas va moliyaviy daromad keltirmaydi.
"Birga Yengamiz" dasturida ro'yxatdan o'tish uchun siz faqat telefon raqamingizni ko'rsatishingiz kerak va boshqa hech qanday ma'lumot so'ralmaydi. Keyinchalik, sizning raqamingizni tasdiqlash uchun SMS-xabar keladi, server sizga shaxsiy PID (Shaxsiy ID) beradi.
PID (Shaxsiy ID) - bu Birga Yengamiz dasturidagi telefon raqami bilan bog'liq unikal identifikatsiya raqami.
Sizga qulay bo'lishi uchun dastur sizning kundalik ishlaringizga halal bermasdan orqa fonda ishlaydi. Agar Bluetooth o'chirilgan bo'lsa, telefon avtomatik ravishda xabar beradi va dasturga kirishingiz so'raladi. Keyingi bosqichda dasturni sozlash bo'yicha ko'rsatmalar berib boriladi.
Bluetooth funktsiyasi ilovaning to'liq ishlashi uchun eng mos yechimdir. Bizga ma'lumki, Bluetooth 2-3 metr masofada ishlaydi, uning signali devorlardan o'tmaydi va foydalanuvchining joylashuvini uzatmaydi.
Shartli taqqoslash uchun aytish mumkinki, dastur mobil qurilmada musiqa tinglashga qaraganda kamroq energiya sarflaydi.
Yo'q, ilova joylashuvingizni kuzatishi mumkin emas. Hech qanday sharoitda sizning huquqlaringiz hech qachon buzilmaydi.
Ilova faqat boshqa telefonning PID-ni (faqat PID-ni saqlaydi va bundan boshqa hech narsa saqlamaydi) va aloqa vaqtini (telefonlar va manzil o'rtasidagi masofa o'rnatilmaydi) saqlaydi. Va agar siz yaqin masofada ekanligingizni va bir qancha vaqt shartli ravishda zararlangan shaxs bilan aloqada bo'lganingiz aniqlansa, bu haqida maxsus xizmatlar sizga xabar berishadi. Shuningdek, virusning tarqalishini oldini olish uchun siz ixtiyoriy ravishda (agar ruxsat bersangiz) shu vaqtgacha qayd etilgan ma'lumotlarni taqdim etishingiz mumkin.
Ko'rsatmalarga amal qilganingizga va telefon raqamini to'g'ri kiritganingizga ishonch hosil qiling. Agar muammolarga duch kelsangiz, ko'rsatilgan kontaktlar orqali qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Biz darhol yordam beramiz!
Xavfsizlik jihatidan bitta qurilmaga bir dona PID beriladi, ya'ni bitta qurilma faqatgina bitta telefon raqamga bog'lanishi va bitta PID berilishi mumkin. Ilova o'chirib yuborilgan holatda esa avval ulangan raqamga ulashning iloji bo'lmaydi. Shu sabab iltimos, qurilmangizdan ilovani o'chirib yubormang.
O‘z operatsion tizimingizga mos ilovani quyidagi havolalar yordamida yuklab olishingiz mumkin: