Bugungi kunda dunyo bo'ylab olimlar va izlanuvchilar tomonidan kasallanishning tarqalishini oldini olish maqsadida turli mobil ilovalar ishlab chiqilmoqda.

Mazkur ilovalar Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan kabi davlatlarda o'z samarasini ko'rsatmoqda. Ularni shuningdek OAVda "onlayn karantin" yoki "raqamli karantin" deb ham atashadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan “Project Managers” ning yosh loyihachilari bemor bilan muloqotda bo'lgan shaxslarni aniqlovchi “Birga Yengamiz” (Победим вместе) mobil ilovasini yaratishdi. Ilovaning asosiy vazifasi - bemor bilan so'nggi 14 kunda muloqotda bo'lgan kishilarni aniqlash va zarur bo'lganda virusning tarqalishini oldini olish maqsadida izolyatsiya tartibini o'rnatish.

"Birga yengamiz" bu ixtiyoriy hamda be'pul ravishda yuklab olinadigan va ko'rishgan insonlaringizni qidirish jarayonini osonlashtiradigan ilova hisoblanadi.

Mazkur mobil ilova Android va iOS qurilmalar uchun mo’ljallangan. Ilovaning asosiy vazifasi bemor bilan oxirgi 14 kun ichida yaqin masofada va muayyan vaqt aloqada bo’lgan shaxslarni aniqlash va zarur xollarda ularni karantinga joylab virusni yanada keng tarqalishining oldini olishdan iborat.

Sizning roziligingiz orqali dastur Bluetooth signallar orqali ilova o'rnatilgan smartfonlar bilan identifikator almashadi.

Agar siz virus yuqtirgan odam bilan uzoq vaqt jismoniy yaqinlikda bo'lgan bo’lsangiz, u holda sizga bu haqida xabar keladi.

Ilova yaratilishidan asosiy maqsad (Agar ilovadan foydalanuvchilar 60-70%ni tashkil etsa):

  1. Kasallik aniqlangan shaxs inkubatsion davrda kim bilan uchrashganini unutgan bo‘lsa-da, kasallik tarqalishining oldini olish;
  2. Kasalxona, savdo do’konlari, dorixona va boshqa joylarda kasallik aniqlansa, ushbu hududlarning karantin xolatiga tushishi oldini olishdir.

Kritik o`chib qolish ehtimoli esa juda pastdir.

Eslatib o'tish kerakki, ilova fon rejimida ham ishlaydi va sizni kun davomida boshqa yumushlaringizda chalg'itmaydi.

Ilovaning iOS va Android operatsion tizimi uchun mo'ljallangan versiyalari ishlab chiqilgan bo'lib, hozirda Android versiyasi Play Market do'konida yuklab olish uchun ochiq. Apple bilan muzokalar davom etayotgani sabab uni AppStore do'konida chiqishi kechikmoqda.

BlueTooth o'chirilganda telefon avtomatik tarzda xabar beradi va sizdan dasturga kirishingizni so`raydi. Dasturga kirganizdan keyin dastur o`z faoliyatini tiklash uchun yo`riqnomani berib boradi. Bluetooth funksiyasi ishlab turishiga hamma vaqt ruxsat berishingiz kerak bo'ladi.

"Birga yengamiz" ilovasidan foydalanish uchun sizga zarur texnik talablarga javob beruvchi, internet aloqasi mavjud bo'lgan ixcham mobil qurilma zarur bo'ladi (iOS va Android tizimidagi mobil qurilmalar).

Ilovaning ishlash tartibi:

  • yuklab oling;
  • ro'yxatdan o'ting;
  • ilovani fon rejimida oching.

"Birga yengamiz" loyihasi asosi - Bluetrace texnologiyasida yozilgan Opentrace dasturiy majmuasi (aynan shu texnologik yechim Singapurning "Tracetogether" loyihasida ham qo'llanilgandir). Ilova ishlaydigan boshqa mobil qurilmaga yaqinroq bo'lganingizda, ikkala telefon ham vaqtincha identifikatorni almashtirish uchun Bluetoothdan foydalanadi. Ushbu vaqtinchalik identifikator PIDni O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan berilgan shaxsiy kalit bilan shifrlash natijasida yaratiladi. U faqat O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan shifrlangan bo'lishi mumkin va sizning shaxsingizni yoki boshqa insonning shaxsini aniqlamaydi.

PID bu o`zimiz generatsiya qilib bergan IDdir. Foydalanuvchining inson yoki robotligini aniqlash uchun, foydalanuvchi raqamiga 8 xonali ID jo’natiladi hamda ro’yxatga olingan raqam nomiga akkaunt ochiladi. Dasturning ishlash prinsipi insonlar bir biriga yaqinlashganda BlueTooth orqali PID almashishdan iborat.

Ilova PID si siz ohirgi 14 kun ichida muloqot qilgan kishilarni qayd etib boradi va mobil qurilmangizda joylashgan ma'lumotlar zaxirasiga kiritadi, shu o'rinda siz muloqotda bo'lgan kishilarda ham mazkur ilova bo'lishi zarur.

Kasallik alomatlari aniqlanganida ilova mobil qurilmangizni ochishni so'raydi va maxsus kalitni kiritganingizdan so'ng oxirgi14 kun ichida siz muloqotda bo'lgan kishilar ro'yxati, uchrashuv manzili va vaqtini ko'rsatadi. Keyingi jarayonda mas'ul organlar zararlangan kishi bilan aloqaga chiqadi.

Garchi bu shoshilinch umumiy tibbiy yordam bo'lsa-da, biz sizning maxfiyligingiz va shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilishni o’z zimmamizga olamiz.

"Birga yengamiz" ilovasidan foydalanish jarayonida taqdim etilgan barcha ma'lumotlaringiz himoya qilinadi va faqat va faqat sizga xizmat qilish maqsadida foydalaniladi.

Mazkur ilova, iOS va Android operatsion tizimidagi ixcham mobil qurilmalar uchun mo'ljallangan. ООО “Project Managers” esa o'z navbatida, ilovaning samarali ishlashi uchun barcha imkoniyatlaridan foydalanadi.

Ilovani yuklab oling

O‘z operatsion tizimingizga mos ilovani quyidagi havolalar yordamida yuklab olishingiz mumkin: